Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"IBODULLOH KOMPLEKS" XALQ XIZMATIDA

×

 2022-03-16 09:26:13    78

PDF yuklash
Chop etish


"IBODULLOH KOMPLEKS" XALQ XIZMATIDA

         Kundan kun chiroy ochib borayotgan Vatanimizning mo''jazgina go'shasi - So'x tumanida bugun yana tantana. Aniqrog'i, tumanning Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida.

         Shuni alohida ta'kidlash loziki, amalga oshirilayotgan obodonchilik va bunyodkorlik amallarida so'xlik tadbirkorlarning ham hissalari beqiyos. O'tgan yili tadbirkor Ikromjon Safoyev sa'y-harakati bilan mahallada davlat-xususiy sherikchilik asosida Sarikanda mahalla fuqarolar yig'ini idorasi qurib, foydalanishga topshirilgan edi.

         Ayni shu binoning ikkinchi va uchinchi qavatida bugun tadbirkorning tashabbusi bilan aholiga xizmat ko'rsatish shoxobchasi tashkil etildi. 

         - Hozircha barpo etgan markazimizda fuqarolarga buyurtma asosida milliy va yevropa taomlari tayyorlab beramiz, umumiiy ovqatlanish shoxobchamiz xalqimiz xizmatida. Kelgusida tikuvchilik kurslari ochish niyatimiz bor, - deydi biz bilan so'hbatda tadbirkor.

         Markazning taqdimot marosimida ishtirok etganlar tadbirkorning kelajakdagi faoliyatiga omadlar tilab, duolar qildilar.

         Aytgancha, markaz ochilishi tufayli mahallaning 6 nafar yoshlari o'zlarining doimiy ish joylariga ega bo'lishdi. "Ibodulloh kompleks" bugun xalq xizmatida va bu ham fuqarolarimiz farovonligini oshirishga xizmat qilishiga umid bildiramiz.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati