Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SUG'DIYoNA” - BAYRAMGA SOVG'A

×

 2022-03-15 11:57:59    80

PDF yuklash
Chop etish


“SUG'DIYoNA” - BAYRAMGA SOVG'A

         Tumanimizda sport sohasi rivojiga berilayotgan e'tibor zamirida hududlarda yangi va zamonaviy majmua va komplekslar qurilishi va bu bilan sohaga yoshlarni jalb etishdek ezgu maqsadlar mujassam. "Sug'diyona" sport majmuasida ayni shunday e'tibor tufayli ulkan bunyodkorlik va qurilish ishlari amalga oshirildi.

         Tumanimizning markaziy o'yingohi bugun o'zgacha siymo va chiroy kasb etgan. Eski o'yingoh o'rnida zamonaviy sport kompleksi paydo bo'ldi.

         So'x tumani hokimining o'rinbosari Sodiqjon Murzoyevning so'zlariga ko'ra, mazkur o'yingohning foydalanishga topshirilishi xalqimizga, ayniqsa yoshlarga haqiqiy Navro'z sovg'asi bo'ladi. Ayni kunda majmuada oxirgi foydalanishga topshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

         Tumanimiz markazidagi sport maktabni rekonstruktsiya qilish ishlari "Baraka fayz" MChJ tomonidan amalga oshirilib, qurilish va rekonstruktsiya ishlariga 2 milliard 546 million so'm mablag' yo'naltirilgan.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati