HOKIM YoRDAMChILARIGA KOMPYuTER JAMLANMASI TAQDIM ETILDI
2022-03-15 11:51:51 158
HOKIM YoRDAMChILARIGA KOMPYuTER JAMLANMASI TAQDIM ETILDI
Hududlarda Prezidentimiz tashabbusi bilan faoliyat boshlagan hokim yordamchilari bevosita davlatimiz rahbarining vakili sifatida faoliyat olib borishadi va ularning asosiy maqsadi aholi va barcha fuqarolar muammo-kamchiliklarini aniqlab, ularning yechimida amaliy ko'mak ko'rsatishdan iborat.
Tuman hokimligi majlislar zalida bo'lib o'tgan tadbirda ayni shu so'zlar Farg'ona viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi boshlig'i Abrorjon Rahmonov tomonidan alohida ta'kidlandi.
Tadbirda ishtirok etgan viloyatimiz vakillari va tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev hokim yordamchilarining viloyatdagi rahbari so'zlarini tapsdiqlab, haqiqatdan ham yordamchilar zimmasidagi vazifa juda mas'uliyatligini qayd etdilar.
Tadbirda tumanda bo'layotgan o'zgarishlar, Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan Qal'acha mahallasining Javpaya massivida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida gapirildi va haqiqatan ham bugun Javpaya massivi barchaning diqqat makrkazida ekanligi ta'kidlandi.
Bevosita viloyat hokimi ko'rsatmasiga binoan vilyaotimiz shahar va tumanlaridan tumanimizga kelgan 30 nafar hokim yordamchilari So'x aholisi uchun bu katta imkoniyat ekanligini qayd etdilar. Biroq, bu mavzuga alohida to'xtalamiz.
Tadbirda hokim yordamchilari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to'laqonli bajarish va ish unumdorligini oshirish maqsadida 27 nafar hokim yordamchilarining barchasiga kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati