E’TIBOR
2022-03-14 19:11:47 177
E’TIBOR
Jazo muddatini o'tab qaytgan fuqarolarga moddiy va ma'naviy ko'mak ko'rsatish, ularni sog'lom hayot kechirishlari uchun ko'maklashish yuzasidan tumanimizda ham arzirdi ishlar amalga oshirilmoqda.
So'x tumani hokimligi ijtimoiy ko'nikma komissiyasi kotibi Nishonali Ibrohimovning malumotiga ko'ra, Oftobru mahallasida yashovchi fuqaro Gulxanjon Nurmatov jazo muddatini o'tab qaytganligi sababli tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma markaziga 2022 yil 23 fevral kuni moddiy yordam surab murojaat etgan.
Murojaat yuzasidan tuman hokimining 1 o'rinbosari I.Tojiboyev boshchiligida jazo muddatini utab qaytgan fuqroning sharoiti har tomonlama o'rganish maqsadida tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko'nikma komissiya a'zolari hamda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida o'rganlib, fuqaro bilan so'hbat utkazildi.
Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko'nikma markaziy komissiyasi tomonidan eng kam oylik ish haqining 4.5 barobari ya'ni 1 215 000 so'm miqdorda moddiy yordam puli hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Tuman bandlikka ko'maklashish markazi hamkorligida Nurmatov Gulxanjon Muxamatovichni bandligini ta'minlash maqsadida “Guzari Omadi Odina” MChJ ga mashinist vazifasiga ishga joylashtirildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati