AHOLI BILAN UChRAShUV
2022-03-12 19:57:16 157
AHOLI BILAN UChRAShUV
So'x tumani hokimining birinchi o'rinbosari Ilhomjon Tojiboyev bilan G'aznov va Qal'acha mahallalarida bo'lib o'tgan uchrashuvda Javpaya massividagi o'zlashtirilayotgan yerlar, kutilayotgan natijalar, davlat tomonidan massivga suv va elektr energiyasi tortish ishlari, massivda aholi harakatlari bilan kutilayotgan daromad, kelgusidagi rejalar haqida ma'lumotlar berildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan bank xodimlari va boshqa mutasaddi idora rahbarlari ham har bir yer olish istagi bor fuqarolarga kredit olish va boshqa masalalarda amaliy ko'mak berish masalalarida muammo bo'lmasligini ta'kildab o'tdilar.
Ayni kunda Javpaya massivida issiqxonalar barpo etish ishlari davom etyapti. Shuningdek, ochiq yerdagi maydonlarni lotlarga ajratish ishlari ham jadallik bilan davom etayotir.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati