Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYaDA YaShIL HUDUD PAYDO BO'LADI

×

 2022-03-12 19:41:50    76

PDF yuklash
Chop etish


JAVPAYaDA YaShIL HUDUD PAYDO BO'LADI

         Ta'kidlash lozimki, 1-sektor hududidagi Qal'acha mahallasida joylashgan Javpaya massivida Farg'ona filoyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan yangi ekohudud barpo etilmoqda. Aholiga daromad manbai yaratib berish yuzasidan olib borilayotgan ishlar qizg'in pallaga kirgan.

         Bugungacha Javpaya massivida 137 ta issiqxona kavlangan va 133 tasi tayyor holatga keltirilgan. Mutaxassislarning xulosasiga ko'ra, mazkur hududning tuproq unumdorligi laboratoriya tekshiruvidan o'tkazilib, ziroatlar parvarishi uchun yaroqli ekanligi ma'lum qilingan. Lekin tuman hokimi tashabbusi bilan hosildorlikni kupaytirish va talab darajasidagi daromadga ega bo'lish maqsadida mahallalardan unumdor tuproq tashilib, issiqxonalarga to'kilmoqda.

         Yana bir muhim jihat: massivga sug'orish uchun “obi hayot” tortish ishlari boshlab yuborilgan. Viloyat hokimi ko'rsatmasiga asosan bu ishlarga dastlabki 9 milliard so'm mablag' yo'naltirildi. Elektr energiyasi liniyasi tortish ishlariga salkam 2 milliard so'm mablag' ajratildi.

         Ayni kunda massivda tuman hokimi tashabbusi bilan Quva tumanidan olib kelingan mevali daraxtlar ko'chatini o'tqazish ishlari olib borilmoqda. Ochiq havodagi yer maydonlariga uzum va anor ko'chatlari o'tqaziladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati