Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA SPORT RIVOJLANMOQDA

×

 2022-03-12 19:16:37    90

PDF yuklash
Chop etish


MAHALLADA SPORT RIVOJLANMOQDA

         Qizilqiyoq mahallasida bo'lgan poytaxtimiz vakillari mahallada faoliyatini boshlagan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyatini o'rganishdi. Ular bilan bo'lib o'tgan so'hbat chog'ida Prezidentimiz tomonidan belgilab bergan vazifalarni bajarilishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

         Yoshlar yetakchisining so'zlariga ko'ra, bugun mahalla yoshlarini sportga jalb etish bo'yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Yil boshida Qirg'iziston Respublikasi Osh viloyatida bo'lib qaytgan yosh sportchilar – Yazdonali Ulmasov va Oxonjon Ulmasaliyevlar MMA sport turi bo'yicha faxrli o'rinni olishga muvaffaq bo'lishgan edi.        

         Mahallada tashkil etilgan DXX kubogini qo'lga kiritish uchun ko'chalar kesimida o'tkazilgan futbol musobaqalarida mahallaning uyushmagan yoshlari o'zaro bellashdilar. G'olib bo'lgan jamoalar va faol o'yinchilarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati