SO'X TUMANIDA OILALAR YaRAShTIRILMOQDA
2022-03-11 18:26:53 146
SO'X TUMANIDA OILALAR YaRAShTIRILMOQDA
Majburiy ijro byurosining Sux tumani bo'limi tomonidan aliment to'lovchi qarzdorlarning uylariga borib oilasini tiklash va farzandlarini yetimlikda voyaga yetishini oldini olish borasida ma'rifiy suhbatlar o'tkazilishi natijasida oilalar yarashmoqda.
Xususan, joriy yilning 10 mart kuni Byuroning ish yurituvida bo'lgan Fuqarolik ishlari bo'yicha Sux tumani sudining 17.07.2021 yilgi qaroriga asosan qarzdor M.Sdan undiruvchi M.M foydasiga ikki nafar farzandini ta'minoti uchun qarzdorning oylik daromadidan 1/3 qism miqdorida aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijrosini ta'minlash davomida byuro tomonidan qarzdor va undiruvchi bilan o'tkazilgan suhbat va tushuntirishlar sabab, ushbu oila yarashtirildi, farzand ota bag'riga qaytdi va ijro ishi tamomlandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati