Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"HAR BIR YoShGA BIR NIHOL"

×

 2022-03-11 18:18:04    108

PDF yuklash
Chop etish


"HAR BIR YoShGA BIR NIHOL"

         Bahor obodlik pallasi. Bahor kelishi bilan barcha hududlarda obodonlashtirish va ko'klamzorlashtirish ishlari keng quloch yoyadi.

         Republikamizda Prezidentimiz tomonidan belgilab bergan "Yashil makon" umumimilliy loyihasini amalga tatbiq etish bo'yicha barcha birdek harakat qilmoqda.

         Qal'acha mahallasi yoshlar yetakchisi Parviz Azizovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, bugun 1-sektor hududida, ayniqsa, Javpaya massivida yashil hudud barpo etish ishlari mahalla yoshlariga ham ilhom bag'ishlamoqda. Shuning uchun, yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan mahallaning 20-sonli UO'T maktabi hududiga yuqori sinflar talabalari bilan mevali va manzarali daraxtlar ko'chati o'tqazildi.

         - "Har bir yoshga bir nihol" aktsiyasi doirasida tashkil etilgan tadbirda barcha talaba yoshlarimiz faol ishtirok etishdi. Niyatimiz davlatimiz rahbari boshlagan ezgu tashabbusga hissa qo'shish, - deya yozmoqda Parviz Azizov.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati