Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 199 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILMOQDA

×

 2022-03-09 18:04:28    97

PDF yuklash
Chop etish


MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILMOQDA

         Kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olish, nogironligi bor va yosh bolalari bo'lgan oilalarga ijtimoiy ko'mak berish, moddiy tomondan yordam ko'rsatish, bunday fuqarolardan tushgan murojatlarni vaqtida bartaraf etish bo'yicha tumanimizda mahallalarda faoliyati yo'lga qo'yilgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

         Qal'acha mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Parviz Azizovning so'zlariga ko'ra, mahallada o'tkazilgan xatlov doirasida kamchiligi va muammosi bor fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ro'yixati shakllantirib, ularning muammolari bosqichma bosqich bartaraf etilmoqda.

         8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh mahalla xotin-qizlariga sovg'alar topshirildi. Bunday bayramona sovg'a Gulbahorxon To'xtasinovaga ham taqdim etildi.

         Gulbahor-opaning turmush o'rtog'i - Rahmonali Mirzohalimovga murojaati bo'yicha tuman bandlikka ko'maklashish markazi hamkorligida suv nasosi yetkazib berildi.

         Aytish lozimki, hududlardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bu yo'nalishda samarali ish olib borish uchun astoydil harakat qilishmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati