HAShAR - ELGA YaRAShAR
2022-03-08 14:24:41 148
HAShAR - ELGA YaRAShAR
Xalqimizga xos bo'lgan umrboqiy an'ana va udumlar borki, ular bizga ota-bobolarimizdan yuksak meros sifatida o'tib kelmoqda. Mana shunday milliy udumlardan biri bu hashardir.
Hashar orqali xalqimiz ko'p xayrli ishlarni bajarishgan. Obodlik yo'lida qilingan barcha sa'y-harakatlar hashar orqali amalga oshirilgan.
- Yangiariq mahallasi aholisi ham har erta bahor ushbu betakror faslni xayrli ish va ezgu amallar bilan boshlaydilar. Bu yili hum ushbu an'anaga sodiq qolgan holda hudud qabristonida hashar tashkil etdik va bu tadbirda barcha mahallamiz ahli, ayniqsa, yoshlar fa'olik bilan ishtirok etishdi, - deydi mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Amirjon Safarov.
Qabristondagi qurilish boshlangan shiypon qurilishi davom ettirilmoqda, qo'shimcha qurilish mahsulotlari olib kelindi.
"Yashil yillik" umumimilliy loyihasi doirasida mahalla ahli tomonidan mahalla hududiga 70 to'p mevali va 200 to'p manzarali daraxtlar ekildi.
- Ayni kunda mahallamizning saxovatpesh homiylari ko'magida shiypon qurilishi uchun barcha zaruriy mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Oldimizda yana bir muhim ish bor - mahalla hududidagi uzunligi salkam 12 kilometr bo'lgan kanalni tozalash. Bu ishni ham barcha mahalla ahli ko'magida bajaramiz. Aslida har yili bahor fasli boshida mahallada bir bo'lib, hashar yo'li bilan ariq tozalash yangiariqliklar uchun an'ana tusiga aylanib qolgan, - deya so'zida davom etadi mahalla raisi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati