HAMKORLIKDAGI EZGU TAShABBUS
2022-03-05 09:06:42 173
HAMKORLIKDAGI EZGU TAShABBUS
Majburiy ijro yuyurosining So'x tuman bo'limi, tuman prokuraturasi hamda tuman hokimligi tashabbusi bilan oiladagi ajrimlarni oldini olish, ularni yarashtirish, ishsiz yurgan aliment tulovchilarni ish va doimiy daromad manbai bilan ta'minlash, farzandlarni yetimlikda voyaga yetishini oldini olish borasida ajrashgan va ajrashish arafasida bo'lgan oilalar bilan ma'rifiy va ma'naviy suhbatlar o'tkazilishi natijasida oilalar yarashmoqda.
Xususan Byuroning So'x tumani bo'limi ish yurituvida bo'lgan fuqarolik ishlari bo'yicha So'x tuman sudining 17.02.2021 yil kungi qaroriga asosan qarzdor Sh.A. dan undiruvchi N.N. foydasiga bir nafar farzandining ta'minoti uchun qarzdorning oylik daromadidan 1/4qism miqdorida aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijrosini ta'minlash davomida tuman prokurori, Majburiy ijro byurosi So'x tumani bo'limi va tuman hokimligi xodimlari tomonidan qarzdor va undiruvchi bilan o'tkazilgan suhbat va tushuntirishlar sabab, ushbu oila yarashtirilib, farzand ota bag'riga qaytishi ta'minlandi va ijro ishi tamomlandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati