Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKORDA SAYYoR QABUL

×

 2022-03-04 19:12:22    145

PDF yuklash
Chop etish


SOHIBKORDA SAYYoR QABUL

         Bugun Sohibkor mahallasida joylashgan 1-sektor binosida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sayidbahrom Sayidmusayevning sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi a'zolari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi.

         - Ayni kunda 1-sektor hududida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 20-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida aholiga yer maydonlari ajratib berish barobarida Qal'acha mahallasining Javpaya massivida ham keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan barcha ishlar hukumatimiz, ayniqsa, davlatimiz rahbarining So'x tumaniga bo'lgan alohida e'tibori tufayli bajarilmoqda. Aholini doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun qilinayotgan barcha ishlar o'z samarasini yaqin kelajakda beradi, - dedi tuman hokimi uchrashuv avvalida.

         So'ng qabulga kelgan Tul va Sohibkor mahalla fuqarolar yig'inlari fuqarolari tuman hokimiga o'zlarining muammolari yuzasidan murojaat etdilar.

         Mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan obodonlashtirish ishlari, Tul mahallasida joylashgan sel yo'lini tozalashda amaliy ko'mak ko'rsatish lozimligi, bola nafaqasini olishdagi muammolarda qonuniy yo'l bilan yordam berish, davolanish uchun amaliy ko'mak ko'rsatish kerakligi, mahallada tashkil etilgan "Yoshlar mehnat guzari"ni zamonaviy kompьyuterlar bilan ta'minlash, davlat-xususiy sherikchilik asosida qurilajak o'quv markaziga yer maydoni ajratib berishda amaliy ko'mak ko'rsatish, ish joyi bilan ta'minlash, ichki ko'chalardagi elektr energiyasi bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish bo'yicha yordam ko'rsatish lozimligi tuman hokimiga murojaat sifatida fuqarolar tomonidan bildirildi.

         Tuman hokimi har bir murojaatchi bilan alohida so'hbatlashib, ularga albatta, amaliy ko'mak ko'rsatilishini ta'kildab o'tdi.

         Uchrashuv davomida Javpaya massividagi yerlarni o'zlashtirilishida hamma birdek faolllik ko'rsatilishi ta'kidlandi. Chunki Javpaya yaqin kelajakda tumanning asosiy daromad manbaiga aylanadi.

         Shuningdek, tuman hokimi tomonidan barcha tashkilot va korxonalar rahbarlariga aholi bilan ularning muammolarini hal etib berish bo'yicha manzilli ishlarni muntazam tashkil etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati