BAYRAM TADBIRI
2022-03-04 19:04:57 135
BAYRAM TADBIRI
Bugun So'x tuman favqulodda vaziyatlar bo'limida 4 mart - O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev rahbarligida ishtirok etgan sektorlar rahbarlari barcha soha vakilarini bayram bilan qutlab, ularning ziimasida eng mas'uliyatli vazifa - insonlar hayotini asrashdek muqaddas burch borligini ta'kidladilar.
Bugun O'zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirliginingg tashkil topganiga 26 yil to'ldi. Ushbu sana munosabati bilan bir guruh tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi faol xodimlariga faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati