Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YaXShI NIYaT VA IShONCh BILAN BOShLANGAN ISh SAMARALI BO'LADI

×

 2022-03-03 19:23:09    146

PDF yuklash
Chop etish


YaXShI NIYaT VA IShONCh BILAN BOShLANGAN ISh SAMARALI BO'LADI

         Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan Qal'acha mahallasining Javpaya massivida boshlangan ezgu ish bugun katta harakat maydoniga aylanib ketgan. Yaxshi niyatlar bilan tuman sektorlari rahbarlari tashabbusi bilan barpo etilgan issiqxonalardagi ziroatlar jilvasi "harakatdan barakat" degan naql haqqoniyligini yana bir karra isbotlaydi.

         Safarbar etilgan texnikalar ko'magida kavlanib berilayotgan issiqxonalar joyi, mahallalardan tashib, issiqxonalarga to'kilayotgan samarali tuproq hosilasi - odamlarimiz uchun mehnat va daromad manbai yaratib berishdan iborat. Eng asosiy maqsad esa, shu kungacha toshloqdan boshqa narsa bo'lmagan mavzeda yangi ekohudud va yashil makon barpo etish. Buning uchun inson omilidan foydalanish eng maqbul variant. Shuning uchun ham, issiqxonalar fuqarolarimizga taqsimlab berilayotir.

         Tuman sektorlari rahbarlari har kuni Javpayada bo'lishib, issiqxonalarni tarqatib berish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni nazoratga olishgan.

         Aytish lozimki, issiqxona barpo etish niyatida va istagida bo'lgan fuqarolarga bank krediti ham ajratib beriladi. Bank boshqaruvchilarining Javpayada bo'lib, targ'ibot ishlarini olib borishlari fuqarolarimizga yana bir imkoniyatdan darak.

         Albatta, o'z kuchi va mablag'iga ishongan fuqarolarimiz borki, allaqachon mahsulotni tanlash va izlash payiga tushgan, chunki issiqxonalari tayyor holatda.

         Imkoniyati moddiy tomondan cheklangan fuqarolarimizga esa, eng maqbul kredit turlari tavsiya etilmoqda.

         Fuqarolarimizga Prezidentimizning 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi 55-sonli qaroriga asosan limonariya tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yillik foiz stavkasi 14 foiz bo'lgan kredit beriladi.

         Darhaqiqat, bu fuqarolarimiz uchun eng maqbul yo'l va daromad manbaiga ega bo'lishlari uchun samarali imkoniyat.

         1-sektor binosida Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Jamshid Hatamov raisligida bo'lib o'tgan shtab a'zolari bilan uchrashuvda mana ushbu imkoniyatlar va imtiyozlar bo'yicha aholiga imkon qadar to'liq axborot va ma'lumotlar berish, Javpayaning kelajakdagi foydasi haqida targ'ibot ishlarini yanada jonlantirish, har bir fuqaroga bu bo'yicha to'liq ma'lumot berish vazifasi berildi.

         Darhaqiqat, Javpaya tumanimiz kelajagini belgilaydigan, aholi daromad manbaiga aylanadigan hudud hisoblanadi. Chunki bu mavzeda imkoniyat bisyor va bu imkoniyatdan har birimiz bugundan boshlab foydalanishimiz lozim.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati