Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"YaShIL YILLIK" UMUMIMILLIY TADBIRI SO'X TUMANIDA

×

 2022-03-03 19:19:39    67

PDF yuklash
Chop etish


"YaShIL YILLIK" UMUMIMILLIY TADBIRI SO'X TUMANIDA

         Joriy yilning 2 fevralida O'Zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida Respublikamiz hududida 1 martdan boshlab "yashil yillik" umumiymilliy tadbiri o'tkazilishi belgilab berildi.

         Ushbu tadbir doirasida So'x tumanida ham amaliy ishlar olib borilyapti. Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman qishloq xo'jaligi sohasi vakillari bilan birgalikda tumanimizning yangi ekohududiga aylanib borayotgan Javpaya massiviga yangi ko'chatlar ekildi.

         Yaxshi niyat va ezgu tilaklar bilan ushbu hududga olma va o'rik ko'chatlari o'tqazildi. Mahallalardan olib kelingan samarali tuproq solinib, yangi ko'chatlar sug'orildi.

         Tuman hokimi tashabbusi bilan massivda uzum parvarishi ham yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan. "Sohibkor" ko'p tarmoqli fermer xo'jaligi rahbari Islom Dodoyev va xo'jalik ishchilari ishtirokida uzumzor uchun tanlangan yerlar tayyorlandi. Buning uchun tumanimizga viloyatimiz markazidan safarbar etilgan maxsus texnika jalb etildi.

         Barpo etiladigan uzumzor maydoni 0,08 gektarni tashkil etadi va fermerning ma'lumotiga ko'ra, bu yerga 160 to'p uzumning eng sara navlari ekiladi. Mana shunday sa'y-harakatlar bilan Javpaya massivida yangi ekohudud barpo etish ishlari davom etmoqda.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati