XOTIN-QIZLAR - SOG'LOM TURMUSh TARZI TARAFDORI
2022-02-24 15:30:57 119
XOTIN-QIZLAR - SOG'LOM TURMUSh TARZI TARAFDORI
Farg'ona viloyati hokimining 2022 yil, 10 fevralь kungi 44/01-49-sonli qaroriga asosan viloyatimiz miqyosida 8 mart – xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlab, ayollar o'rtasida sportcha yurish tadbirlarini tashkil etish va viloyat hokimi qubogini qo'lga kiritish uchun sport musobaqalarini o'tkazilishi belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tumanimizdagi barcha 27 ta mahalla fuqarolar yig'inida sport tadbirlari o'tkazish rejasi tasdiqlangan.
Jamiyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib kilish, ayollar va xotin-qizlarni sportga jalb etish, ularning salomatligini mustahkamlash maqsadida tumanimizda faol ayollar ishtirokida “Sportcha yurish” tadbiri o'tkazildi.
Mazkur sport tadbirida mahalla fuqarolar yig'inlari raislarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilari faol ishtirok etdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati