KORRUPTSIYaGA QARShI KURASh - BARChANING IShI
2022-02-24 15:22:38 149
KORRUPTSIYaGA QARShI KURASh - BARChANING IShI
Korruptsiyaga qarshi kurashish, bu illatni tag-tomiri bilan yo'q qilish bugungi kunning asosiy masalalaridan biriga aylanib qolgan.
So'x tumani madaniyat markazining majlislar zalida O'zbekiston respublikasi Milliy gvardiyasi Farg'ona viloyati qo'riqlash boshqarmasi So'x tumani bo'limi tashabbusi bilan “Korruptsiyaga qarshi kurash, xodimlar o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda So'x tumani fuqarolik ishlari bo'yicha sud raisi Sh. Abdullayev ishtiroK etib, ishtirokchilarga bu bo'yicha qonuniy va huquqiy ma'lumotlar berdi. Korrutsptsiyaga qarshi kurash ayni kunda har bir mas'ul shaxsning asosiy vazifasi etib belgilanganligi va bu bo'yicha “qonun ustuvor, jazo muqarrar” tizimi asosida chora-tadbirlar belgilanishi ta'kidlab o'tildi.
- Ayni kunda Respublikamizda korruptsiyaga qarshi kurash barchaning mas'uliyatli vazifasi ekanligi belgilab berilgan. Shuning uchun xizmat davomida bu illatga qarshi kurash va xodimlarimiz orasida xizmat intizomini mustahkamlshga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida mana shunday uchrashuv va davra suhbatlarni ko'paytirishimiz lozim. Qonunga itoatkor bo'lish va har bir jinoyatga jazo muqarrarligini aslo unutasligimiz lozim, - deydi O'zbekiston respublikasi Milliy gvardiyasi Farg'ona viloyati qo'riqlash boshqarmasi So'x tumani bo'limi boshlig'i Rustam Mamajonov.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati