JAVPAYaDAGI AMALIY IShLAR DAVOM ETMOQDA
2022-02-24 15:10:40 108
JAVPAYaDAGI AMALIY IShLAR DAVOM ETMOQDA
Qal'acha mahallasidagi Javpaya massivida tayyorlangan issiqxonalar hududdagi mahallalar fuqarolariga tarqatib berilib, aholi o'z hududlarida qurilish ishlarini boshlab yubordilar.
Viloyatimiz markazidan safarbar etilgan texnikalar kumagida massivda bugungi kungacha 81 ta issiqxona qazilib, 61 tasi tayyor holga keltirilgan. Samarador tuproq solingan issiqxonalar soni 36 ta bo'lib, 20 tasi yarim tayyor holatga keltirilgan. 13 ta issiqxonalarda ekin parvarishlash ishlari olib borilmoqda.
Shu kungacha jami qazilgan issiqxonalardan 3240 kub-metr hajmdagi tuproq olindi va issiqxonalarga 96 kub-metr unmdor tuproq tashib kelinib, to'klidi.
Bu ko'rsatgich mavsum boshidan issiqxona tayyorlash bo'yicha 77 220 kub-metr va olib kelingan unumdor tuproq hajmi 3 830 kub-metrni tashkil etadi.
Yangi sel yo'llarini ochish uchun uzunligi 79 metr joy qazilib, 538 kub-metr tuproq ishi bajarildi. Jami shu kungacha uznligi 1 799 metr bo'lgan yangi sel yo'llari qazilib, 8 337 kub-metr tuproq ishlari bajarildi.
Yuqoridagi ishlarni bajarishda quyidagi texnikalar jalb etildi:
Farg'ona viloyatidan: ekskvator – 21 ta (shundan 7 ta mayda), samosval – 6 ta (shundan 1 ta mayda).
So'x tumanidan: avtogreyder – 1 ta, avtobus -1 ta.
Mazkur tadbirlarga jami 29 ta texnika va 61 nafar ishchi xodimlar jalb etildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati