ChAQALOQ SAVDOSI – JAMIYaT KELAJAGIGA TAHDID!
2022-02-23 08:51:49 164
ChAQALOQ SAVDOSI – JAMIYaT KELAJAGIGA TAHDID!
Hozirda jamiyatimizda ko'p uchrayotgan jinoyatlardan biri bu – “chaqaloqlarning savdosi” xisoblanadi. Bu achinarli holatdir. Inson qanday qilib to'qqiz oy o'z tanasida ko'tarib dunyoga keltirgan farzandini moddiy mablag' ilinjida sotishi mumkin? Ushbu qilmish huquq nuqtai nazaridan jinoyat xisoblansa, din nuqtai nazaridan katta gunohdir.
Jinoyatlar statistikasidan kelib chiqib, ko'pincha nikohsiz dunyoga keltirilgan farzandlarini sotish holatlari xissasi yuqoriligi aniqlanganligini aytib o'tish o'rinlidir.
Shuningdek, chaqaloq savdosining ko'payib borayotganiga aksariyat hollarda bolaning onasi ijtimoiy himoyalanmaganligi, moddiy ko'makka muhtojligi yoki turmush qurmagan qizlarning homiladorligini oilasidan yashirishga urinishi sabab bo'lmoqda.
Bundan tashqari, ayol kishi farzand ko'rmagan oilalarda chaqaloqni sotib olishga ehtiyoji borligi va buning natijasida yuqori moddiy manfaat topish imkoni mavjudligi sababli bu kabi qabix ishga qo'l uradi.
Ushbu muammo umumjahon miqyosida e'tirof etilib, ko'pgina olimlar va tadqiqotchilar tomonidan chuqur o'rganilayotganligiga qaramasdan, bu borada hozirga qadar yetarlicha umumlashgan ma'lumotlar taqdim etilmagan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyaga odam savdosi va ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish va taqiqlash hamda bunday xatti-harakatlarga nisbatan jazo qo'llash to'g'risida”gi qo'shimcha Bayonnoma”sida “odamlar savdosi” tushunchasi o'zining rasmiy izohiga ega bo'ldi.
Yurtimizda odam savdosiga oid noqonuniy xatti-harakatlarga qarshi tadbirlar, davlat va jamoat organlari tomonidan bajariladigan eng muhim vazifalar yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston insonparvar demokratik davlat sifatida umume'tirof etilgan xalqaro norma va qoidalarni o'z milliy huquq tizimiga keng joriy qilish yo'lini tutadi.
Xulosa o'rnida, bunday jinoyatlarning vaqtida oldi olinmasa, og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Chaqaloq savdosi kabi jinoyatlarning barvaqt oldi olinishi jamiyatimiz kelajagi uchun muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
U.X.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi