Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2023 YILDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISH JARAYONLARI O‘TKAZILADI

×

 2022-02-22 18:27:33    125

PDF yuklash
Chop etish


2023 yilda Aholini ro‘yxatga olish JARAYONLARI o‘tkaziladi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 710-sonli qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Respublikamizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilganligiga
30 yil bo‘ldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatishda qator qiyinchiliklar vujudga keldi.

BMT 2015-yilning 10-iyunida «2020-yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar» rezolyutsiyasini qabul qildi. Unga ko‘ra, BMTga a’zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yildi. Bugungi kunga kelib, MDH davlatlarida, shuningdek O‘zbekistonda ham bu jarayonga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoni uch bosqichni qamrab oladi.

Birinchisi - tayyorgarlik bosqichi. Bu uch yilga yaqin vaqt davom etadi.

            Bunda, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishi bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq hujjatlar, jumladan, ro‘yxatga olish varaqalari, ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilish metodologiyasini ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

            Ikkinchisi - asosiy bosqich 10 kundan 60 kungacha davrni o‘z ichiga oladi. Bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi.

            Uchinchi-bosqichda aholini ro‘yxatga olishga doir birlamchi materiallarni ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi, olingan materiallar avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanib, birlamchi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan dasturlarga kiritish uchun kodlanadi, nazorat va tahrir qilinadi, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha dastlabki natijalar olinib, olingan natijalar e’lon qilinadi va tarqatiladi. Mazkur bosqich 2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi.

            O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1-25 noyabr kunlarida, shuningdek, respublikamizda aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021-yilning 1-25-noyabr kunlarida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida amalga oshirilishi belgilab berilgan.

                Ro‘yxatga olishni tashkil etilishida asosan MDH davlatlaridan Belorussiya, Rossiya tajribalaridan foydalanildi. Aholini ro‘yxatga olish bir oy davom etsa, birlamchi natijalar 2024 yilda e’lon qilinadi.

                Ro‘yxatga olish jarayonida har bir ro‘yxatga oluvchiga aholi punktining xaritasidan kelib chiqqan holda 350-450 kishidan, borishi qiyin bo‘lgan va olis hududlarda aholining soni o‘rtacha
250 nafardan taqsimot qilib beriladi. Ro‘yxatga oluvchi 12 kun muddat ichida belgilangan aholini tasdiqlangan shakllar asosida uyma-uy yurgan holda ro‘yxatga olib chiqadi. Olingan ma’lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi. To‘ldirilayotgan shakllarda har bir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashqari, turar joyning xususiyatlari, ya’ni yashash joyida mavjud qulayliklar, shu jumladan sanitariya-gigiyenik sharoitlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan uzoq vaqt mobaynida foydalaniladigan vositalar bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham olinadi.

                Aholini ro‘yxatga olishda birinchidan, aholi soni to‘g‘risidagi aniq ma’lumotga ega bo‘lamiz, ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, demografik holat, aholining jinsi, yoshi, millati bo‘yicha ma’lumotlarni olamiz. Ushbu ko‘rsatkichlar iqtisodiy rivojlanish dasturlari belgilanishida yordam beradi.

                Hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha davlatlarida aholini ro‘yxatga olish ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonni muvaffaqiyatli va to‘laqonli bajarish bilan birgalikda respublikamizning har bir aholi punktlari bo‘yicha yagona axborot bazasi yaratiladi.

                               So'x tumani hokimligi Axborot xizmati