Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'X TUMANI TURIZM RIVOJI UChUN QULAY HUDUD

×

 2022-02-19 16:19:58    157

PDF yuklash
Chop etish


SO'X TUMANI TURIZM RIVOJI UChUN QULAY HUDUD

         O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi 793-sonli "YO'LBO'YI VA TURISTIK INFRATUZILMANI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA" gi qaroriga asosan respublikamizning barcha hududlaridagi  AYoQSh va AGQShlarda zamonaviy talablarga muvofiq jihozlangan dam olish maskanlari tashkil etish, aholiga har tomonlama qulayliklar yaratib berish belgilangan.

         Farg'ona viloyati hokimi ko'rsatmasiga asosan tumanimizga kelgan ishchi guruh a'zolari So'x tumani hududidagi AYoQSh va AGQShlarda bo'lib, bu yerda yaratib berilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.

         Ishchi guruh vakili, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi mutaxassisi Nigora Karimovaning ma'lumotiga ko'ra, bu yo'nalishda tuman hududida amalga oshirilayotgan ishlar e'tirof etishga arziydi.

         – Yangi yil, aniqrog'i dekabrь oyi oxirida tumanga kelib, olib borilgan monitoring natijalari bo'yicha berilgan barcha ko'rsatma va topshiriqlar mutasaddilar tomonidan bajarilgani aniqlandi. Ushbu masalani teran anglagan har bir soha vakili borki, uni amalga tatbiq etish maqsadida faoliyat olib boradi. Bu galgi So'x tumaniga amalga oshirilgan sayohatimiz ham mazmunli o'tdi, - deydi Nigoraxon Karimova biz bilan so'hbatda.

         16 ta viloyat tashkilotlari va boshqarmalar vakillaridan iborat ishchi guruh bu gal ham tumandagi barcha AYoQSh va AGQShlarda bo'lib, sanitariya-gigiyena shaxobchalarini jihozlash va mavjudligini o'rganishdi, ularni SANPIN va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi holatini ko'zdan kechirishdi.

         So'x tumani bo'yicha umumiy hisobda 7 ta yoqilg'i quyish shoxobchalari faoliyati o'rganilidi. Xususan, 5 ta AYoQSh (benzin), 1 ta AGQSh (propan), 

2 ta AGTKSh (metan) shoxobchalarida mahaliy aholi va sayyohlari uchun yaratilgan birlamchi shart-sharoitlar o'rganildi.

         O'rganish natjalariga ko'ra tasdiqlangan takliflar ro'yixati tuman hokimligi va mutasaddilarga taqdim etildi. Monitoring natijasi shuni ko'rsatmoqdaki, So'x tumani turizm rivoji rchun qulay hudud hisoblanib, bu bo'yicha tizimli ishlar olib borish va uni amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati