Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAN OYLIGI DOIRASIDAGI “ZAKOVAT” O'YINI

×

 2022-02-17 17:41:52    149

PDF yuklash
Chop etish


FAN OYLIGI DOIRASIDAGI “ZAKOVAT” O'YINI

         O'quvchilar o'rtasida turli xil intellektul o'yinlarni tashkil etish va o'tkazish ularning bilim darajasini oshishiga omil bo'lib xizmat qilishi tabiiy hol. Aslida o'quvchilarning bilim darajasini oshirish va ularning dunyoqarashini kengaytirishida bunday tadbirlar katta ahamiyatga ega.

         So'x tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 29-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Amirjon Temirovning ma'lumotiga ko'ra, ayni kunda ta'lim muassasalarida “Aniq fanlar oyligi” o'tkazilyapti va ushbu oylik doirasida mazkur ta'lim dargohida ham turli tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda.

         Oylik doirasida maktabning 7-8 sinflar o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan “Zakovat” intellektual o'yini “Qiziqarli misollarni yechamiz, matematika sirlarin ochamiz” mavzusi ostida tashkil etildi.

         Tanlovda ishtirok etgan o'quvchilarning bilim darajasi turli matematik o'yinlar orqali sinovdan o'tkazildi. Maktab direktorining so'zlariga ko'ra, bunday tadbirlar oylik doirasida oy oxirigacha o'tkaziladi.    

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati