Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

16 YILLIK MUAMMO BARTARAF ETILDI

×

 2022-02-17 17:09:13    62

PDF yuklash
Chop etish


16 YILLIK MUAMMO BARTARAF ETILDI

         Ijtimoiy tarmoqlarda Chumoqcha mahallasida joylashgan 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining hududida barpo etilgan o'yingoh va ushbu o'yingoh o'rtasidan joy olgan temir-beton tayanch maktab va mahalla sportchilariga xalaqit berayotgani va bu masala yuzasidan mahalla ahli va maktab pedagogik jamoasi nomidan murojaat qilmagan idora qolmagani haqida ko'p xabarlar tarqalgani haqida bilasiz va xabardorsiz.

         8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchisi Bunyodjon Shomatovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, mahalla ahli va bevosita maktab pedagogik jamoasining 16 yillik orzulari bugun ushalmoqda.

         Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tashabbusi va tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi xodimlarining sa'y-harakatlari bilan mazkur temir-beton tayanch stadion o'rtasidan olinib, "o'zining xos joyiga" o'rnatildi.

         8-sonli maktab pedagogik jamoasi va ushbu hududda istiqomat qiladigan aholi murojaatlari ijobiy hal etilganidan minnatdor va buning uchun tuman hokimi, tuman ET korxonasiga minnatdorlik bildiradilar.

         Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson uchun va murojaatlarning ijobiy hal etilishi inson qadrining naqadar yuksakligidan dalolatdir.

         Muammo va kamchiliklarimiz bosqichma bosqich hal etilmoqda va bu xalqning roziligiga sabab bo'lishi tabiiy hol. Binobarin, har bir muammoning yechimi uchun vaqt va muddat lozimligini sezib, bo'layotgan ishlarga xayrixoh bo'lsak, albatta, barcha odimizda bo'lgan to'siqlar olib tashlanadi va albatta muammolar o'z yechimini topadi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati