DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
2022-02-15 20:24:37 150
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Bugun tuman hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi 49-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada tumandagi sektor rahbarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyaga qo'yilgan 11 ta masaladan alohida masalalar yuzasidan ma'ruzachilar sessiya jarayoniga hozir bo'lmaganligi sababli deputatlar taklifi bilan 5 ta masala ko'rib chiqildi.
Sessiya kun tartibiga qo'yilgan masalalar –
tumanda odil sudlovni amalga oshirish, sudning mustaqilligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud yuli bilan ishonchli himoya qilish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo'yicha Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar;
fuqarolik ishlari bo'yicha So'x tuman sudining 2021 yil davomidagi faoliyati yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha So'x tuman sudining amalga oshirilgan ishlari;
xalq deputatlari So'x tumani Kengashi “Xalqparvar” komissiyasi ish rejasini tasdiqlash xamda komissiya raisini saylash;
“Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritish xamda chiqarish masalasi;
mahalliy byudjet mablag'lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta'minlash xamda tuman xokimining mablag' ajratish to'g'risidagi 2022 yil 7 fevraldagi №29/11-159-F/22 farmoyishini tasdiqlash to'g'risida.
Sessiyaga tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi va uni olib bordi.
Kun tartibiga qo'yilgan masalalar bo'yicha tuman fuqarolik sudi raisi Abdullayev Shermuhammmad Ro'zimatovich, Xalq deputatlari So'x tuman Kengashi kotibiyat mudiri Jumayev Masudjon Ma'rufjonovich, tuman moliya bo'limi rahbari Iskandarov Zayliddin Fayozidinovich, tuman hokimligi iqtisodiyot bo'limi bosh mutaxassisi Azizjon Allamjonovich Ibroimovlar ma'ro'za qildilar.
Kun tartibiga qo'yilgan masalalar bo'yicha ma'ruzachilar tomonidan kerakli ma'lumotlar yetkazildi va sessiya qizg'in munozarlarga boy tarzda o'tdi.
Qo'yilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qaror loyihalari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Shu bilan Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining navbatdagi 49-sessiyasi yakunlandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati