Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YoRDAMChISI NIMALAR BILAN BAND?

×

 2022-02-15 20:06:41    82

PDF yuklash
Chop etish


HOKIM YoRDAMChISI NIMALAR BILAN BAND?

         Mahallalarga tayinlangan hokim yordamchilarining asosiy vazifalaridan etib eng avvalo hududdagi ishsiz aholini aniqlash, ularni bandligini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlarni tashkil etish – o'zini o'zi band qilish, kasb-hunarga yo'naltirish, tadbirkorligini yo'lga qo'yish uchun amaliy kumak ko'rsatishdan iborat.

         Aytish lozimki, ayni hokim yordamchilari kumagi va tashabbusi bilan bugun tumanimizning barcha hududlarida aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilyapti.

         Sharqobod mahalla fuqarolar yig'iniga biriktirilgan hokim yordamchisi Shohzodjon Turg'unboyevning ma'lumotiga ko'ra, mahallada yil boshidan bugungi kungacha 34 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish joyi bilan ta'minlandi.

         Mahallada ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Farangis Davronovaning asl kasbi ayolar sartaroshligi bo'lib, hokim yordamchisi kumagi bilan bugun Farangis o'zining kasbi bo'yicha faoliyat olib bormoqda.

         Mahallada tashkil etilgan go'zallik saloni bugun Sharqobodlik qizlar ixtiyoriga berilgan. Farangis 15 nafar qizlarga o'z sohasining sir-asrorlarini o'rgatmoqda. Tashkil etilgan o'quv kursida soha sirlarini o'rganish uchun barcha zaruryi shart-sharoitlar yaratib berilgan.

         - Yaqin kunlarda mahallada tikuvchilik o'quv kurslarini ochish niyatimiz bor. Buning uchun joy tanlab olingan va talabgorlar ruyxati ham shakllantirilgan. Asosiy maqsadimiz aholi bandligini ta'minlash va ularga amaliy yordam ko'rsatishdan iborat, - deydi Shohzodjon Turg'unboyev.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati