MUROJAAT IZIDAN
2022-02-15 19:49:53 151
MUROJAAT IZIDAN
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-sektor hududidagi Tul mahallasining "Temirchi" kuchasidagi ayanchli ahvol haqidagi material tarqalgandan so'ng, tuman hokimligida tezkor shtab tuzilib, mazkur murojaatni ijobiy hal etish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tuzildi.
Haqiqatan ham, mazkur ko'chaning ta'mirlanmagan 150 metr qismida ichimlik suvi tarmog'i tortish ishlar olib borilgani va havoning keskin sovushi oqibatida betonlashtirish ishlari to'xtatilgan.
Tuman hokimi tashabbusi va ko'magi asosida mazkur ko'chaga shag'al orttirilgan texnikalar safarbar etildi va shag'allashtirish ishlari amalga oshirildi. Rejaga muvofiq bahor faslining may oyigacha mazkur ko'chaning qolgan qismi ham to'liq betonlashtiriladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati