INVESTITSION LOYIHALAR
2022-02-07 18:46:41 175
INVESTITSION LOYIHALAR
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2021 yil 4-5 fevralь kunlari Farg'ona viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyada bergan topshiriqlari yuzasidan tasdiqlangan 7-sonli yig'ilish bayonining 20-bandi, 1-ilovasiga asosan shakllantirilgan manzilli dasturga muvofiq So'x tumanidagi "So'x maishiy xizmat avto" MChJ tomonidan Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini hududida umumiy qiymati 5 mlrd. 860 mln. so'm bo'lgan “Avtosalon hamda avtomobillarga xizmat ko'rsatish” loyihasi amalga oshirildi.
Tadbirkorga AT “Xalq bank”i So'x tuman bo'limining 960 mln.so'm kredit mablag'i berilgan. Qolgan mablag' tadbikorning o'z mablag'i hisobidan sarflangan.
Inshoot qurilishi 100 foizga bajarilib, mazkur markaz faoliyati Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan ko'zdan kechirildi. Markaz mutasaddilari bilan litsenziya masalasi muhokama etilib, bu bo'yicha viloyat hokimi tomonidan mutasaddi idoralar rahbarlariga ko'rsatmalar berildi.
Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish loyihasi faoliyati yo'lga qo'yilsa, 15 nafar yoshlar ish bilan ta'minlanadi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati