MUAMMO BARTARAF ETILDI
2022-02-07 18:40:14 153
MUAMMO BARTARAF ETILDI
Ayni kunda tumanimizda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga qaratilgan ishlar Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Qarorga muvofiq va mutasaddilarining hisob-kitobiga ko'ra, 2022 yilda tumanimizning 90 foizi ichimlik suvi bilan ta'minlanishi ko'zda tutilgan.
Shuningdek, soha xodimlari tomonidan ichimlik suvi bilan bog'liq muammolar bartaraf etilayotir.
Navobod mahallasi hokim yordamchisi Ma'murjon Bobomirhisenovning ma'lumotiga ko'ra, mahallaning "Shifokor" ko'chasida yuzaga kelgan nosozlik "O'zsuvta'minot" MChJ So'x tumani filiali xodimlari tomonidan bartaraf etildi.
Nosozlik yuzaga kelgan joyga maxsus texnikalar jalb etilib, 13 metr uzunlikdagi tarmoq quvuri yangisiga almashtirildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati