Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 235 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYa MASSIVIDA IShLAR QIZG'IN KEChMOQDA

×

 2022-02-05 18:42:59    80

PDF yuklash
Chop etish


JAVPAYa MASSIVIDA IShLAR QIZG'IN KEChMOQDA

         Qal'acha mahalla fuqarolar yig'inidagi Javpaya massivida damba mustahkamlash tadbirida bugungi kungacha 75 kub-metr tuproq, 204 kub-metr xarsangtoshlar tayyorlanib yuklab keltirildi.

         Issiqxona tayyorlash tadbirida 2 160 kub-metr tuproq ishlari bajarildi. Umumiy o'quv mashqi boshidan damba mustahkamlash bo'yicha 4 175 kub-metr tuproq va 324 kub-metr xarsangtosh ishi hamda issiqxona tayyorlash bo'yicha 12 420 kub-metr tuproq ishlari bajarildi. Bugungi kungacha Javpayada 16 ta 10 sotixli issiqxona joyi tayyorlandi. 

         Mazkur tadbirlarga 4 ta ekskavator, 8 ta yuk tashish (samosval), 1 ta tekkislash (greyder) va 1 ta yoqilg'i-moylash mahsulotlarini tashish, jami 15 ta texnikalar hamda 21 nafar ishchi xodimlar jalb etildi.

         Bugun Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tumanga tashrif buyurib, dastavval Javpaya massivida olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

         Javpaya massiviga suv, elektr energiyasi tortish ishlari yuzasidan mutasaddi idoralar vakillari viloyat hokimiga ma'lumot berishdi.

         Javpayaga ishlar ko'lamini kengaytirish va issiqxona tayyorlash ishlarini jadalalshtirish bo'yicha yaqin kunlarda 50 ta maxsus texnika viloyatimiz markazidan safarbar etiladigan bo'ldi. Bu bo'yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.    

         Javpaya massivida kompleks o'quv mashg'ulotlari 15 fevralgacha davom etadi. 

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati