Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT XIZMATChILARI TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILDI

×

 2022-02-03 18:03:51    134

PDF yuklash
Chop etish


DAVLAT XIZMATChILARI TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILDI

         O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, O'zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida”gi va “Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida”gi qonunlariga asosan tashkilotlarda xodimlarni dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tkazish belgilangan.

         Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4891-son qarorida kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta bosqichlarda aniqlash bo'yicha maqsadli tibbiy ko'riklar va skrining tekshiruvlarini o'tkazish belgilab berilgan.

         Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bugun So'x tumani hokimligining barcha xodimlari hamda hokimlik binosida joylashgan tashkilotlarning barcha xodimlari  birlamchi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

         Mazkur tibbiy ko'rikning jarayonida tor mutaxassis shifokorlar  tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari sog'ligining barqarorligi ko'zdan kechirilib, tibbiy tahlillar va yuzma-yuz muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.

         Ushbu chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, avvalo, inson qadrini ulug'lash, fuqarolarning jamiyatimizda o'z o'rni borligi va ularning haq-huquqlari, manfiati, salomatliklarini himoya qilishdan iborat. Zotan, sog'liq bebaho ne'mat degan ibora bejizga aytilmagan.    

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati