Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUROJAATLAR IZIDAN...

×

 2022-02-03 17:33:14    78

PDF yuklash
Chop etish


MUROJAATLAR IZIDAN...

         Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov bilan tumanning Sarikanda mahallasida bo'lishdi. Mahalla raisi Bahodirjon Safoyevning so'zlariga ko'ra, ayni kunda mahallaning "Anorbog'" ko'chasida shag'allashtirish ishlari olib borilyapti.

         Mahalla ahli va ushbu ko'chada yashovchi fuqarolar murojaatidan so'ng shag'allashtirish ishlari boshlangan va ayni kunda ushbu xayrli ish davom etmoqda. Olib kelingan shag'allarni to'kish va tekkislashda mahalla ahli faol ishtirok etmoqda.

         Tuman hokimi nomiga mazkur ko'chada yashovchi fuqaro Saodatxon To'rayevadan tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha murojaat tushdi. So'x tumani hokimi mazkur xonadonda bo'lib, fuqaroning oilaviy ahvolini ko'zdan kechirdi va hokim kumagi bilan mazkur fuqaro tuman tibiyot birlashmasi ichki kasalliklar bo'limiga davolanish uchun yotqizildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati