Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM KUBOGI”GA START BERILDI

×

 2022-02-03 15:20:58    127

PDF yuklash
Chop etish


“HOKIM KUBOGI”GA START BERILDI

         Tumanimizda yoshlarni sportga jalb etish, yoshlar o'rtasida sportning turli sohalari bo'yicha musobaqalarni muntazam tashkil etish bo'yicha Lenbur mahallasida bo'lib o'tgan sayyor qabulda tuman hokimiga qilingan murojaat bugun o'zining amaliy isbotini topdi.

         O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'limi tashabbusi va Lenbur mahallasida faoliyat boshlagan mahallaning yoshlar yetakchisi sa'y-harakati bilan 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Hokim kubogi” ni qo'lga kiritish uchun voleybol musobaqalariga start berildi.

         Musobaqalarning ochilish marosimida qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Respublikamizda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga nisbatan berilayotgan e'tibor zamirida o'sib kelayotgan avlodning kelajagi va taqdiri mujassamligini ta'kidlab, hududlarda faoliyati yo'lga qo'yilgan yoshlar yetakchilari ham ayni yoshlar manfaatini ko'zlab ish yuritishi davr va zamon talabai ekanligini qayd etdi.

         Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'limi va tuman turizm va sportni rivojlantirish bo'limi hamkorligida tashkil etlgan mazkur musobaqalarda tumanimizning mahallalaridan kelgan va asosan yoshlardan tarkib topgan voleybol jamoalari ishtirok etishadi.

         Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'limi rahbari Isojon Mastonovning ma'lumotiga ko'ra, mazkur musobaqalarda Lenburg, Tul, Devayron, Navobod, Rovon, Oftobru, Hazrati Ali, Qizilqiyoq, Qal'acha, Qal'a, Chumoqcha, Sohibkor, Sarikanda mahalla fuqarolari yosh voleybolchilari qatnashib, olimpiya usulida o'zaro bellashadi.

         G'olib bo'lgan jamoaga musobaqalar yakunida “Hokim kubogi” taqdim etiladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati