Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'QUV MAShG'ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-02-03 10:32:32    119

PDF yuklash
Chop etish


O'QUV MAShG'ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

         Farg'ona viloyati hokimining 2022 yil 20 yanvardagi “So'x tumani Qal'acha mahalla fuqarolar yig'ini Javpaya massivida o'quv mashg'uloti o'tkazish to'g'risida”gi 18-11-0-Q/22-sonli qaroriga asosan, joriy yilning 25 yanvar kunidan boshlab mazkur hududda “Sel, suv toshqinlarini oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etishda FVDqT tarkibiga kiruvchi fuqaro muhofazasi xizmatlari kuch va vositalarini hamkorlikda harakati” mavzusida kompleks o'quv mashqi o'tkazilmoqda.

         So'x tumani favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i J. Jalolovning ma'lumotiga ko'ra, o'quv mashqi davomida bugunga qadar damba mustahkamlash tadbirida 830 m3, issiqxona tayyorlash tadbirida 2160 m3 tuproq ishlari bajarildi. Umumiy o'quv mashqi boshidan damba mustahkamlash bo'yicha 4100 m3, issiqxona tayyorlash bo'yicha 8100m3 tuproq ishlari bajarildi.

         Tuman obodonlashtirsh boshqarmasi tomonidan hududni obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish uchun 100 dona sosna kuchati ekildi.

         Mazkur tadbirlarga 4 ta ekskavator, 8 ta yuk tashish (samosval), 1 ta yuk ortish (pogruzchik), 1 ta tekislash (greyder), 1 ta suv tashish, 1 ta avtobus va 1 ta yoqilg'i-moylash mahsulotlarini tashish, jami 15 ta texnikalar hamda 44 nafar ishchi xodimlar jalb etildi.

         Qarorga muvofiq o'quv mashg'ulotlar 15 fevralь kunigacha davom etadi.

                  So'x tumani hokimligi Axborot xizmati