Jinoyatga jazo muqarrar!
2022-02-02 15:00:27 195
Jinoyatga jazo muqarrar!
Sudlangan E.Xalimov (ism-familiyasi o'zgartirilgan) giyohvandlik bilan bog'liq jinoyat sodir etganligi uchun muqaddam sudlangan bo'lsadan bundan to'g'ri xulosa chiqarmasdan, yana shu turdagi jinoyatni sodir etdi.
Jumladan, uning yashash xonadoni olingan tezkor ma'lumotga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, xonadon yotoqxonasida qog'ozga o'ralgan o'tkir hidli, yashil tusli, nasha o'simligi bargiga o'xshash moddalar saqlab kelayotganligi aniqlangan. Shuningdek, uyining yerto'lasidan 1 litrli shisha idishga solingan o'tkir hidli, yashil tusli, nasha o'simligi bargiga o'xshash moddalar aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur moddalar tegishli mutaxassislarning xulosasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.2018 yildagi 878-sonli Qarori bilan O'zbekiston Respublikasi giyohvand moddalarni nazorat qilish hamda O'zbekiston Respublikasi giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishi haqidagi ro'yxatga kiritilgan taqiqlangan giyohvandlik vositalari - marixuana ekanligi aniqlangan.
Sud E.Xalimovning sodir etgan jinoyatini xar tomonlama, adolatli va xolisona o'rganib chiqib, ishdagi holatlar va to'plangan dalillarga ob'ektiv baho berib, sudlanuvchi E.Xalimovga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq jazoni tayinladi.
Sherzod Madumarov - Jinoyat ishlari bo'yicha
So'x tuman sudining raisi