Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM VA YoShLAR UChRAShUVI

×

 2022-01-31 17:04:52    126

PDF yuklash
Chop etish


HOKIM VA YoShLAR UChRAShUVI

         Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning mahalla ahli va yoshlari bilan urashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig'ini mutasaddilari, Yoshlar ishlari Agentligi So'x tumani bo'limi vakillari, mahallaning uyushmagan yoshlari ishtirok etdi.

         Yig'ilishda so'z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev o'tgan 2021 yilda tumanda, ayniqsa, Lenbur mahalla fuqarolar yig'inida bo'lgan o'zgarish va yangilanishlar xususida alohida to'xtalib o'tdi. 2022 yilda bunday ishlar ko'lami yanada kengayishini ta'kidlagan tuman hokimi amalga oshirilajak ishlarning jadallashtirilishida hududlarga tayinlangan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari mas'uliyati yanada oshishini qayd etdi.

         Tadbir ishtirokchilariga Lenbur mahallasiga tayinlangan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tanishtirildi.

         O'z navbatida hokim yordamchisi va yoshlar masalalariga mas'ul bo'lgan Yoshlar ishlari Agentligi vakili o'z reja va harakatlar dasturi haqida yig'ilganlarga ma'lumotlar berdilar.

         Aytish lozimki, 2021 yilda Lenbur mahallasidagi 18-sonli UO'T maktabi yoniga yangi qo'shimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Tuman hokimi ayni shu masalaga to'xtalib, 2022 yil 28 yanvarь kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta'limini rivojlantirish masalalari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishi xususida gapirdi. Yig'ilishda sohani kompleks rivojlantirish va isloh qilishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surilgani va sohani isloh qilishda tuman muallimlari ham bevosita faol ishtirok etishlarini ta'kidladi.

         Tadbir davomida ishtirokchilar tuman hokimiga o'zlarini qiziqtirgan savollar berib, javoblar oldilar.

         Shuningdek, mahalla uyushmagan yoshlari vakillari ham tuman hokimiga bir necha masalalar bo'yicha murojaat etishdi. – Barcha kamchilik va muammolar albatta, bartraf etiladi. Hal etish yo'llarini Siz bilan birga qidiramiz. Bu yo'nalishda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari zimmasiga qo'ilgan vazifalar mas'uliyati yanada kuchliroq bo'ladi, - dedi tuman hokimi tadbir oxirida.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati