JINOYaTChILIKDAN XOLI HUDUD MUNOSIB RAG'BATLANTIRILADI
2022-01-29 17:26:29 152
JINOYaTChILIKDAN XOLI HUDUD MUNOSIB RAG'BATLANTIRILADI
Bugun tuman ichki ishlar bo'limi majlislar zalida So'x tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqtlashtiruvchi Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi vakillari, mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan profilaktika nozirlari ishtirok etishdi.
Yig'ilishni ochib bergan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, bu bo'yicha hududlarda profilaktik ishlarning ahvoli, mahalla va huquq-tartibot organlari hamkorligi, jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan ishlar samaralari haqida gapirib, tinchlik va osoyishtalik eng bebaho ne'mat ekanligi va aholi osoyishtaligi barcha narsadan ustunligini ta'kidladi.
Mahallalarda jinoyatchilik ko'rsatgichlari, miqdori sarhisob qilindi. O'tgan yili aksariyat mahallalarda jinoyatchilik sodir etilmagan bo'lsada, biroq ba'zi hududlarda bu ko'rsatigichning oshganligi barchani mas'uliyat bilan faoliyat olib borishini taqozo etadi.
Yig'ilishda masala yuzasidan ma'ro'za qilgan tuman prokurori o'rinbosari Olimjon Do'stov tadbir ishtirokchilarga atroflicha ma'lumot berdi.
Tuman prokurori o'rinbosari so'zlari va ma'lumotiga ko'ra, tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil davomida tumanda umumiy jinoyatchilik axvolini oshgan jinoyat turlariga e'tibor bergan xolda, jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatlar to'g'risidagi ariza va xabarlarni ko'rib chiqilishi hamda fosh etilmagan jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov va tezkor-izlov, qidiruv faoliyati, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq jinoyatlarga qarshi kurashga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda bu boradagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik tuzilmalari hamkorligi ahvoli tahlil qilinib, umumlashtirildi.
Yig'ilish davomida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar ham bu bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilmagan mahalla fuqarolar yig'inlarini rag'batlantirish taklifi tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Ta'kidlandiki, samarali faoliyat va munosib rag'bat hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga va uning miqdorini keskin kamayishiga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati