TUMAN HOKIMI NAVOBODLIKLAR BILAN UChRAShDI
2022-01-29 16:36:11 164
TUMAN HOKIMI NAVOBODLIKLAR BILAN UChRAShDI
Bugun Navobod mahalla fuqarolar yig'inida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahalla ahli bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman Kengashi deputati, "Mahalla" xayriya jamoat fondi vakillari va mahalla ahli ishtirok etishdi.
Tuman hokimi tadbir avvalida o'tgan 2021 yilda mahallada amalga oshirilgan ishlar haqida to'xtalib, Navobodda obodonchilik yo'nalishida qilinadigan ishlar hali juda ko'pligini ta'kidlab o'tdi.
- Barcha ishlarda va mahallaning obodligida mahalla raisining hissasi beqiyos. Agar mahalla raisi tashabbuskor va harakatchan bo'lsa, o'sha hudud albatta obod bo'ladi, obodlikka yuz tutadi. Navobod mahallasida ham ko'p yangilanish va o'zgarishlar bo'ldi, biroq hali qilinadigan ishlar ko'p. Bu ishlar mahalla ahlidan hamjihatlikni va tashabbuskorlikni talab etadi, - dedi tuman hokimi uchrashuv davomida.
Tuman hokimi barcha tadbir ishtirokchilarga mahallaga tayinlangan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisini tanishtirdi. - Mahalla endilikda ayni shu yoshlar harakatchanligi va aholining jipsligida obod bo'ladi, - deya ta'kidladi tuman hokimi uchrashuv davomida.
Navobod mahallasiga tayinlangan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi ham o'zlarining rejalari haqida ma'lumotlar berishdi.
Mazkur tadbir davomida mahalla ahli qiynayotgan muammo va kamchiliklar yuzasidan tuman hokimiga murojaat etdilar.
Uchrashuv chog'ida 15 kun ichida mahallaga yangi rais saylash bo'yicha saylov o'tkazilishi belgilab olindi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati