Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA OBODONLAShTIRISh IShLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-01-28 16:58:19    115

PDF yuklash
Chop etish


MAHALLADA OBODONLAShTIRISh IShLARI DAVOM ETMOQDA

         Saribozorcha mahalla fuqarolar yig'ini hududida qayd etilganidek, 2021 yilda ko'p ishlar, ezgu va xayrli amallar amalga oshirilib, hudud obodonchiligi yo'lida keng qamrovli ishlar qilindi. Aytish lozimki, qilinayotgan barcha ishlarda saxovatpesha tadbirkorlarning ham alohida o'rni bor.

         Mahallaga tayinlangan hokim yordamchisi Rashidjon Inomjonovning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, mahallada boshlangan ezgu va xayrli ishlar bugun o'zining mantiiqiy davomini topmoqda.

         Mahallaning saxovatpesha homiylari kumagida mahallaga yangi darvoza o'rnatildi. Darvozaga o'rnatilgan "SARIBOZORChA" yozuvi kechqurunlari ham hudud fayziga fayz qo'shib turibti.

         Hokim yordamchisining ma'lumotiga ko'ra, yaqin kunlarda mahalaldagi barcha tayanchlarga tungi yoritgichlar o'rnatilishi rejalashtirilgan. Eng asosiysi mahallada bo'layotgan o'zgarish va yangilanishlardan Saribozorchaliklar mamnun.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati