HUQUQIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA
2022-01-27 15:17:32 118
HUQUQIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA
“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–743 va O'RQ–744 -son, 11.01.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga ko'yidagi o'zgartirishlar kiritildi:
Jumladan: «107-modda. O'simliklar karantini ob'ektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish
O'simliklar karantini ob'ektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yo'q qilish chog'ida buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Fitosanitariya choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan o'simliklar karantini ob'ektlari va boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini ko'rmaganlik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
O'z hududida o'simliklar karantini ob'ektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan, fitosanitariya dala nazoratini o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning o'choqlari kengayishiga yo'l qo'ymaslik va ularni bartaraf etish bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rgan shaxslar ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi»;
«108-modda. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish
Karantin ostidagi mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish qoidalarini buzish.
1) 245-moddaning birinchi qismidagi:
«43» raqami «43 (bundan tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno)» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
«1972» raqami «1972, 1973» raqamlari bilan almashtirilsin;
«2002» raqami «2002 (bundan tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno)» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
«2411 — 2418 va 24110» degan so'zlar «2415 va 2417» degan so'zlar bilan almashtirilsin;
2) 2458-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2458-modda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil hamda uning devoni xodimlari
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilga ushbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari qismida), 2002 (tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari buzilishi qismida), 2411 — 2414, 2416, 2418, 24110-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar taalluqlidir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishga hamda jarima tarzidagi ma'muriy jazolarni qo'llashga uning o'rinbosarlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni bosh inspektorlari haqlidir».
Sh.Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo'yicha
So'x tuman sudi raisi