Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YoShLAR BILAN UChRAShUV

×

 2022-01-07 15:54:42    139

PDF yuklash
Chop etish


YoShLAR BILAN UChRAShUV

  Respublikamizda yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashmoqda. Buning zamirida ularning manfaati mujassam.

  Ayni kunda tumanimizning sektorlar kesimida tasdiqlangan reja asosida sektorlar rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish va o'tkazish belgilangan bo'lib, bugun bunday uchrashuv G'aznov mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib o'tdi.

  Sektor rahbari mehnat ta'tilida bo'lganligi bois, mazkur uchrashuvda tuman hokimining birinchi o'rinbosari Ilhomjon Tojiboyev ishtirok etdi. Hokimning birinchi o'rinbosari uchrashuv avvalida Respublika miqyosida davlatimiz rahbari e'tibori asosida yoshlar masalalariga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, berilayotgan e'tibor va g'amxurliklarga nisbatan bugungi yoshlarimiz mahalla rivojining asosiy dvigateli bo'lishlari lozimligini ta'kidladi. Chunki bugun yoshlarga barcha jabhalarda keng ko'lamli sharoit va qulayliklar yaratib berilmoqda.

  Hududlarda faoliyati yo'lga qo'yilayotgan hokim yordamchilari va Yoshlar ishlari Agentligining mahalallardagi vakillarining asosiy vazifalari ham yoshlar bilan ishlashdan iborat.

  Uchrashuv davomida hokim o'rinbosari G'aznoviklargamahallada faoliyat olib boradigan hokim yordamchisini tanishtirib, barcha masalalarda aynan ushbu hokimlik vakili bilan ish olib borish kerakligini qayd etdi.

  Uchrashuv davomida mahalla yoshlari o'zlarining muammo va kamchiliklari xususida murojaat etishdi. Murojatlarning asosiy qismi doimiy ish joyi bilan ta'minlash, o'zini o'zi band qilish bo'yicha sharoitlar yaratib berish, mahallada aholiga xizmat ko'rsatish shoxobchalari barpo etish, yoshlarga repetitorlik kurslarini ochib berish kabi masalalardan iborat bo'ldi.

  Barcha murojaatlarga tegishli idoralar rahbarlari va vakillari munosabat bildirishdi.

  Javpaya massivida o'zlashtirilayotgan yerlar xususida ham murojaatlar bo'ldi va bu bo'yicha yer olish istagida bo'lgan fuqarolarga tuman hokimligi tomonidan moddiy va amaliy kumak berilishi ta'kidlab o'tildi.

  Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarining savollariga mutasaddilardan kerakli javoblar oldilar.

  Tuman hokimining diniy masalalar bo'yicha maslahatchisi Tojiboy Dodoboyev ham so'zga chiqib o'zining fikrlarini bildirdi. Yangi O'zbekistonning taraqqiyoti va rivojlanishi bilimli va salohiyatli yoshlarga bog'liqligi alohida ta'kidlandi. Buning uchun albatta o'qish, izlanish, intilish, xayrixohlik bilan say-harakatlar qilish va pirovardida Vatan taraqqiyotiga hissa qo'shish lozimligi qayd etildi.

                     So'x tumani hokimligi Axborot xizmati