Aholini ro‘yxatga olishning asosiy tamoyillari
2021-12-28 15:46:52 153
Aholini ro‘yxatga olishning asosiy tamoyillari
1.Davriylik
Aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkaziladi
2. Umumiylik va bir payitdalik
Aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir payitning o‘zida amalga oshiriladi.
3. Ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi
Shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilayotganda ro‘yxatga olish varag‘i har bir uchun yakka tartibda to‘ldiriladi.
4. Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi
Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lishi va roziligisiz oshkor yetilmaydi.
5. Aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.
O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Respondent deganda kimlarni tushunasiz?
Aholini ro‘yxatga olish sanasida O’zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet yel fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini ro‘yxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi.
Respondentlarning huquq va majburiyatlari
O’zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadida yig‘ilayotganligini, kim va qay tarzda foydalanishini bilish;
O’zi uchun to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish;
Ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish;
Ro‘yxatga oluvchi varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim yetish huquqiga yega bo‘lish;
Respondentlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga monelik qilmasligi.