Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OPENID.UZEX.UZ SAYTIDA RO‘YXATDAN O‘TISh

×

 2021-12-26 14:12:30    1441

PDF yuklash
Chop etish


OPENID.UZEX.UZ SAYTIDA RO‘YXATDAN O‘TISh

  So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi tumanda faoliyat yuritayoygan tadbirkorlik subyektlarini tovar xom-ashyo birjalaridan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun akredatsiyadan o‘tkazilishlariga ko’maklashish maqsadida openid.uzex.uz saytida ishlash qo’llanmasini ma’lumot uchun e’lon qiladi:

  Elektron savdolarda ishtirok etish uchun openid.uzex.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.Kim sifatida (mijoz yoki broker, ishtirokchi yoki korporativ buyurtmachi) ishtirok etish tanlab olinadi va elektron oferta bilan tanishib chiqilgandan so‘ng, «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasi bosiladi (1-Rasm).

 

1-Rasm. Bosh sahifa


Havola avtomat tarzda «O‘zbekiston Respublikasi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi» esi.uz saytiga o‘tadi. Elektron kalit tanlanib, kirish tugmasi bosiladi.(2-3-4-Rasm).

2-Rasm.

3-Rasm.

4-Rasm.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tashkilot to‘g‘risidagima’lumotlar, shaxsiy ma’lumotlar, savdo platformalarini  tanlash va qo‘shimcha ma’lumotlar kiritish, hamda barcha kataklar to‘ldirilishi zarur (5-6 Rasm)

5-Rasm.

Eslatib o‘tamiz! Ma’lumotlarni kiritishda ularni aniqligiga alohida etibor bering.

 6-Rasm.

Shu bilan ro‘yxatdan o‘tish jarayoni tugaydi.

Agarda siz birja savdolari yoki ko‘rgazma-yarmarka savdolarida ishtirok etishni tanlagan bo‘lsangiz, yuklab olish tugmasi bosilganda shakllanadigan ariza-akseptni yuklab olshingiz va birjaga taqdim qilish uchun qog‘ozda chop etishingiz mumkin bo‘ladi.

Agarda siz davlat xaridlarini tanlagan bo‘lsangiz, hujjatlar qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilmaydi.

  Kerakli hujjatlarning skaner qilingan ko‘rinishini biriktirishingiz va ushbu sahifaning o‘zida , «Yuborish» tugmasini bosish orqali, birjaning HKKP xodimlariga tashkilotni akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun so‘rov jo‘natish mumkin bo‘ladi.

Davlat xaridlari ishtirokchilari uchun jarayon shu yerda tugaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

+99871 213 33 04,

+99871 213 33 30

Shuningdek, So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi “Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash’ sho’basining +998 73 462 55 51 telefon raqamlariga murojaat etishingiz mumkinligini ma’lum qiladi.

 

A.A.Atayev - So’x tuman davlat soliq inspeksiyasi

             “Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash”sho’basi

              davlat soliq bosh inspektori