Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"JAJJI RAQQOSALAR" MAHORAT MAYDONIDA

×

 2021-12-22 10:46:54    110

PDF yuklash
Chop etish


"JAJJI RAQQOSALAR" MAHORAT MAYDONIDA

         Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 tashabbus doirasida turli xil tadbirlar o'tkazilib, yosh iste'dodlarni kashf etilishiga omil bo'layotir.

         Tumanimizda ham 5 tashabbus doirasida o'tkazilayotgan tadbirlar ayni shu ezgu maqsadni ko'zlab amalga oshirilyapti. Zotan, bolalar va ayniqsa, yoshlar o'rtasidan tanlab olingan, yoxud kashf qilingan iste'dodlar ularning kelajagini belgilashda ham katta ahamiyatga ega.

         So'x tumani maktabgacha ta'lim tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Jajji raqqosa" ko'rik-tanlovi ham ayni shu maqsadni ko'zlab o'tkazildi. 1-sektor hududidagi MTT tarbiyalanuvchilari mazkur ko'rik-tanlov shartlari bo'yicha Umbara mahallasidagi 16-sonli davlat maktab ta'lim tashkilotida o'zaro bellashdilar.

         Tanlovda ishtirok etgan jajji raqqos va raqqosalar ikki shart bo'yicha o'z mahoratlarini hakamlar hayatiga namoyish etdilar.

         - Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etilgan musiqa to'garaklari faoliyatiga asosli baho berish, musiqiy yo'nalishda faoliyat olib borayotgan xoreograflar iste'dodini baholash, qolaversa, Prezidentimiz toomnidan belgilab bergan 5 tashabbusning birinchi yo'nalishini amalga tatbiq etish, zero 5 tashabbus doirasida tarbiyalanuvchilarimizning kelajagini ham belgilab olishimiz mumkin, - deydi tuman MT bo'lim mudiri Gulnoz Usmonova.

         Soha vakillarining ma'lumotiga ko'ra, eng chiroyli va jazzob bo'lgan raqslar yangi yil kuni tashkil etiladigan yakuniy bosqichga yo'llanma oladi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati