TUMAN HOKIMINING MUROJAATI TINGLANDI
2021-12-17 16:02:31 168
TUMAN HOKIMINING MUROJAATI TINGLANDI
Bugun Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining avbatdagi 44-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining barcha o'rinbosarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyaga tuman Kengashi kotibiyat mudiri M. Jumayev raislik qildi va olib bordi. Seyessiya avvalida barcha ishtirokchilarga kun tartibidagi masala yuzasidan mu'lumot berildi. Sesiya kun tartibiga bitta masala – So'x tumani hokimi S. Sayidmusayevning 2021 yilgi ijtmioiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2022 yilgi rejalar to'g'risidagi murojaati qo'yildi.
Sessiyada So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev 2021 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va So'x tumanini 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlari to'g'risida ma'lumot berdi.
Tuman hokimi murojaati ijtimoiy tarmoqlarda to'g'ridan-to'g'ri (online translyatsiya) namoyish etildi.
Tuman hokimi o'z murojaatida tumanda barcha sohalarda amalga oshirilgan oshirilgan ishlar haqida batafsil to'xtalib, kelgusidagi rejalar va qilinajak ishlar haqida atroflicha ma'lumot berdi.
Sessiya davomida deputat Mehrubon Boltayev tuman hokimi murojaati bo'yicha muzokaraga chiqib, o'zining fikrlarini bayon etdi.
Sessiya kun tartibiga qo'yilgan masala bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati