Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Sudlar to'g'risida”gi yangi Qonunga asosan nimalar o'zgardi?

×

 2021-12-14 09:40:03    122

PDF yuklash
Chop etish


“Sudlar to'g'risida”gi yangi Qonunga asosan nimalar o'zgardi?

         O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli va “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda sud tizimida korruptsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2020 yil 7 dekabrdagi PF-6127-sonli Farmonlari ijrosi davomi sifatida 2021 yil 28 iyulda O'RQ-703-sonli O'zbekiston Respublikasining “Sudlar to'g'risida”gi yangi Qonuni qabul qilindi.

         Yangi Qonun 101 ta moddadan iborat bo'lib (eski Qonun 85 ta moddadan iborat edi), Qonun bilan “Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi, “Sudyalarning malaka darajalari to'g'risida”gi hamda “Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to'g'risida”gi Nizomlar tasdiqlandi hamda sud tizimi yaxlit Qonun bilan tartibga solinadigan bo'ldi.

         O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan belgilanishi mustahkamlandi (3-modda). Sudning vazifalariga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish ham kiritildi.

         Shuningdek yangi Qonun bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari, tarkibi, Oliy sudi Plenumi, Plenumini chaqirish tartibi, vakolatlari, Oliy sudi Rayosatining tarkibi, vakolatlari, Oliy sudining sudlov hay'atlari, Oliy sudi raisi va Oliy sudi raisining birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlari — sudlov hay'atlarining raislarining vakolatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tarkibi, vakolatlari, Rayosati vakolatlari, sudlov hay'atlari, raisi va raisi o'rinbosarlari vakolatlari, fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi tarkibi, vakolatlari, raisi va raisi o'rinbosarlari vakolatlari, Harbiy sudlar tizimi, tarkibi, vakolatlari, Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar, Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish tartibi, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari tarkibi, vakolatlari, Rayosati vakolatlari, sudlov hay'ati, raisi, raisining o'rinbosari vakolatlari, tumanlararo ma'muriy sud tarkibi, vakolatlari, raisi va raisi o'rinbosari vakolatlari to'ldirilgan holda belgilab berildi.

         Yangi qonunda sudyalar maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari va sudya lavozimiga nomzodlar va saylangan shaxslarga qo'yilgan talablar xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqildi. Tuman yoki shahar sudining sudyasi etib tayinlash yoki saylash uchun yuridik kasb bo'yicha eng kam ish staji 5 yil o'rniga 7 yil, viloyat sudyaligiga — 7 yil o'rniga 10 yil, Oliy sud sudyaligiga — 10 yil o'rniga 15 yil etib belgilandi.

         Sudyalarning intizomiy javobgarligi masalasida ham yangi moddalar kiritilib, unga ko'ra, sudya intizomiy javobgarlikka quyidagi holatlarda tortilishi mumkin:

         odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganlik uchun;

         sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo'l qo'ygan kamchiliklari uchun;

         sudyalik sha'ni va qadr-qimmatiga bog' tushiradigan hamda sudning obro'sini tushiradigan nojo'ya xatti-harakat sodir etganligi uchun;

         Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganlik uchun.

         Sudyalarning malaka hay'ati sudyaga quyidagi intizomiy jazolardan birini qo'llashi mumkin:

         ogohlantirish;

         hayfsan;

         o'rtacha oylik ish haqining o'ttiz foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima;

         malaka darajasini bir pog'onaga pasaytirish;

         vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.

         Yangi qonun bilan kiritilgan 12-bob sudyaning vakolatlarini to'xtatib turish va tugatish holatlari va tartibini nazarda tutadi.

         Xulosa qilib aytish mumkinki ushbu yangi Qonun xalqaro standartlar asosida qabul qilingan bo'lib, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, odil sudlovning sudyalar tomonidan faqat qonunga bo'ysungan holda amalga oshirilishini, sud majlislarining oshkora va shaffof o'tkazilishini ta'minlash, fuqarolar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

                  Sh.G'oziyev – Jinoyat ishlari bo'yicha

                                      Fargona shaxar sudi arxiv mudiri