Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Biz zo'rovonlikka qarshimiz

×

 2021-12-09 12:05:21    201

PDF yuklash
Chop etish


Biz zo'rovonlikka qarshimiz

         Sunggi yilllarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng hukuk hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshkarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-hukukiy jixatdan qullab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyik va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng kulamli isloxotlar amalga oshirildi.

         Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, soxaga oid 25 ta qonunchilik xujjati qabul qilindi.

         Jumladan O'zbekiston Respublikasining ”Xotin-qizlarni tazyik va zo'rovonlikdan ximoya qilish to'g'isida”gi Qonuni hamda ”Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'grisida”gi Qonuni imzolanib ijroga qaratilgan.

         O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi ”2030 yilga kadar O'zbekiston Respublikasida gendr tenglikka erishish strategiyasini tasdiklash xakida”gi SK-297-IV-sonli qarori tasdiqlandi.

         O'zbekiston BMT. Nizomining maksad va printsiplariga hamda xalkaro hukukning boshka umume'tirof etilgan normalariga sodik ekanliklarini doimo ko'rsatib kelgan.

         BMT Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentyabrida Barkaror rivojlanish buyicha o'tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib, mamlakatimiz uchun dolzarb kisoblangan 16 ta milliy maksadga erishish buyicha 125 ta maksadli vazifa hamda 206 ta indikator ishlab chiqilgan.

         Xususan, barqaror rivojlanish soxasidagi 5-maksad - Gender tenglikni ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng hukuk hamda imkoniyatlarini ta'minlashga qaratilgan isloxotlar bilan hamohangdir.

         O'zbekiston Respublikasi OliY Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi ”2030 yilga kadar O'zbekiston respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiklash xakida”gi SK-297-1U-sonli karorining 6 bandida Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar kokimliklari ikki oy muddatda Gender strategiyasi va Kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalardan kelib chikib, kar bir xududning uziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan kolda uz hududiy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chikish hamda tegishincha Korakalpogiston Respublikasi JUkorgi Kengesi, xalk deputatlari viloyatlar va Toshkent shaxar Kengashlariga tasdiklash uchun kiritish belgilangan.

         Shuningdek, mazkur karorning 7-bandida Korakalpogiston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalk deputatlari viloyatlar va Toshkent shaxar Kengashlariga xar chorakda xududiy chora-tadbirlar dasturlarining ijro etilishi yuzasidan vazirlik, idoralar kududiy bo'linmalari raxbarlarining axborotini eshitish va tankidiy mukokama kilib borish tavsiya etilgan.

 

                  Sh.Abdullayev - Fuqarolik ishlari bo'yicha

                                               So'x tuman sudi raisi