Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYa – HAYoTIMIZNING ASOSIY QOMUSI

×

 2021-12-08 10:24:13    925

PDF yuklash
Chop etish


KONSTITUTSIYa – HAYoTIMIZNING ASOSIY QOMUSI

         Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon barcha jabhalarda, jumladan, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy sohalarda va davlat qurilishida chuqur demokratik o'zgarishlar yuz berdi.  Ushbu o'zgarishlar 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan baxtimimz Qomusi – Konstitutsiyamizda o'zining huquqiy ifodasini topdi.   Konstitutsiyada mamlakatimiz  xalqining huquq va manfaatlari to'liq aks ettirildi. Demokratik tamoyillar asosida mustaqillik g'oyalari huquqiy kafolatlandi.

         Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun har yili xalqimiz tomonidan katta bayram sifatida ko'tarinki ruhda nishonlanadi. Ayni damlarda yurtimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Tumanimizning barcha hududlarida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar, anjumanlar o'tkazilmoqda. Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obro'-e'tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitadigan Qomusnomadir. Shu ma'noda asosiy qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Chunki, uni ishlab chiqish va muhokama etishda butun xalq ishtirok etdi. Bir so'z bilan aytganda Konstitutsiyamiz tom ma'noda xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsulidir.

         Shuni ta'kidlab o'tish joizki, Konstitutsiyamiz benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjatdir. Uni asvrab-avaylashimiz, o'qib-o'rganib, mazmun-mohiyatni teranroq tushunishimiz darkor.  Baxtimiz Qomusida belgilangan huquqlardan samarali foydalanish, o'z burchlarimizni vijdonan, mas'uliyat bilan bajarib, uni kelajak avlodga ulug' ne'mat sifatida yetkazish  va Qomusimiz  bilan faxrlanish davlatimizning har bir  fuqorasi uchun sharafdir.

         Fursatdan foydalanib, Sizlarni Baxtimiz Qomusi - O'zbekiston Respublikasi Kosntitutsiyasining 29-yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman! Yurtimiz obod, hayotimiz farovon va istiqlolimiz abadiy bo'lsin!

                   Sayidbahrom Sayidmusayev – So'x tumani hokimi