Farg'ona viloyati sudi raisining “shaxmat” va “stol tennisi” bo'yicha o'tkazilgan musobaqada jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudining raisi 2-o'rinni qo'lga kiritdi
2021-12-06 12:14:20 152
Farg'ona viloyati sudi raisining “shaxmat” va “stol tennisi” bo'yicha o'tkazilgan musobaqada jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudining raisi 2-o'rinni qo'lga kiritdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6099-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tasdiqlangan «Farg'ona viloyat sudi tizimida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom ovqatlanish turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi» ijrosi yuzasidan 2021 yil 5 dekabrь kuni Farg'ona viloyat sudlari sudьyalari va sud xodimlari o'rtasida shaxmat va stol tennisi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.
Musobaqada Farg'ona viloyat sudlari, Farg'ona viloyati ma'muriy sudlar hamda sudlar faoliyatini moddiy texnik jihatdan ta'minlash departamenti xodimlari ishtirok etdi.
Musobaqa qura tashlash yo'li bilan start berildi.
Shaxmat musobaqasi bo'yicha 1-o'rinni Farg'ona viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati xodimi, 2-o'rinni jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudining raisi hamda 3-o'rinni Farg'ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo'yicha sudьyasi qo'lga kiritdi.
Erkaklar o'rtasida o'tkazilgan stol tennisi musobaqasi bo'yicha 1-o'rinni jinoyat ishlari bo'yicha Qo'qon shahar sudining sudьyasi, 2-o'rinni Farg'ona viloyat sudi fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati xodimi hamda 3-o'rinni Farg'ona viloyat ma'muriy sudining xodimi, ayollar o'rtasida o'tkazilgan stol tennisi musobaqasida 1-o'rinni Farg'ona viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati xodimi qo'lga kiritib, musobaqaning mutloq g'olibiga aylandi.
Musobaqa yakunida g'oliblarga viloyat sudi raisining diplomlari hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Dastur ijrosiga ko'ra viloyatda birinchi o'rinni egallagan g'oliblar Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati