Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ASOSIY MAQSAD – INSON HUQUQLARINI HIMOYa QILISh

×

 2021-11-30 11:32:52    385

PDF yuklash
Chop etish


ASOSIY MAQSAD – INSON HUQUQLARINI HIMOYa QILISh

         Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini ta'minlash, insonni qadrlash va ulug'lashga yo'naltirilgani bilan e'tiborga molikdir.

         Mamlakatimiz inson huquqlari bo'yicha 60 ta asosiy xalqaro hujjatga qo'shildi. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning qoidalari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq hamda erkinliklarining ishonchli himoyasini ta'minlaydigan milliy qonunchilik me'yorlarida o'z ifodasini topdi.

         O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shaxsiy huquq va erkinliklar nomli VII bobida belgilab qo'yilgan normalarga asosan O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

         Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas.

         Shuning bilan birga fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

         Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi bo'lib, inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir.

         Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.

         Har kim o'z sha'ni va obro'siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.

         Mazkur konstitutsiyaviy normalar milliy qonunchiligimizda o'zining huquqiy ifodasini topgan bo'lib, fuqarolarning sog'lig'i yoki jismoniy daxlsizligi huquqning turli sohalari, jumladan, jinoyat qonunida fuqarolar sog'lig'iga tajovuz sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan normalari orqali qonunga xilof xatti-harakatlardan muhofaza qilinadi.

         Xususan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasiga ko'ra, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo'riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash jinoyat qonunining asosiy vazifalari bo'lib, ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Jinoyat kodeksi javobgarlikning asoslari va printsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralarini belgilaydi.

         Jinoyat kodeksining II bob, 104-111-moddalarida sog'liqqa qarshi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo'lib, qilmishning qasd yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilganligi, yetkazilgan shikastning og'irlik darajasi, shuning bilan birga yetkazilgan shikastning xususiyati, ya'ni jabrlanuvchi va tajovuzchi o'rtasidagi munosabatlar, tan jarohatlarining muttasil ravishda yoki bir marotaba yetkazilganligi hamda shu kabi jinoyat kvalifikatsiyasiga ta'sir qiluvchi boshqa belgilarga qarab mazkur moddalarning biri bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi.

         So'nggi yillarda amalga oshirilishayotgan islohotlar aynan jinoyat qonunchiligi va jazo tizimini liberallashtirish orqali insoniylik, rahmdillik va bag'rikenglik ruhi bilan sug'orilgan qoidalarning ustuvorligiga erishishga qaratilib, bugungi kunda o'zining samarasini berib kelmoqda.

         Biroq qonunlarni qabul qilish va o'zgartirish orqali jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni, qonun ustuvorligini ta'minlash mumkin emas. Jamiyatning har bir a'zosi xonadoni, oila a'zolarining xavfsiz bo'lishlarini istaydi.

         Bunga erishish uchun bir tomondan qonunlarimizni doimiy ravishda takomillashtirib borishimiz, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligiga erishib borishimiz lozim bo'lsa, ikknchi tomondan o'zini-o'zi boshqarish organlari, keng jamoatchilik vakillari jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga yaqindan yordam ko'rsatsa, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'biri bilban aytganda jamiyatda “Jinoyat haqiqati va adolati”ga erishilsa, xalqimiz farovon va yurtimiz tinch bo'ladi.

 

                   Sh.Madumarov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                                               So'x tuman sudining raisi                                                              

 

                   M.Sidiqov - Jinoyat ishlari bo'yicha

                                               So'x tuman sudi devonxona mudiri